Skip to content

Security: dtwinuz/bitg

SECURITY.md

Xavfsizlik

bitg kiritish usuli sifatida siz yozayotgan matnni ko'radi, shuning uchun xavfsizlik muammolarini jiddiy qabul qilamiz.

Qo'llab-quvvatlanadigan versiyalar

Versiya Holat
0.3.x ✅ tuzatishlar chiqadi
< 0.3 ❌ yangilang

Xavfsizlik tuzatishlari faqat eng so'nggi minor versiyaga (hozir 0.3.x) chiqadi. Yangi minor versiya (masalan 0.4.0) chiqqan kuni oldingisi qo'llab-quvvatlanmaydigan bo'ladi: tuzatish uchun yangi versiyaga o'ting. 1.0 dan oldin eski versiyalarga alohida tuzatish (backport) chiqarilmaydi.

Zaiflik haqida xabar berish

Ommaviy issue ochmang. GitHub'ning yopiq kanalidan foydalaning: Report a vulnerability.

Xabarda: ta'sirlangan versiya va platforma, qayta chiqarish qadamlari, mumkin bo'lgan ta'sir.

Xabar kelgandan keyin (Vulnerability response)

Qadam Muddat
Xabar olinganini tasdiqlash 7 kun ichida
Tekshirish va xavf darajasi (CVSS) 14 kun ichida
Tuzatish va reliz (yuqori/kritik) 60 kun ichida, iloji bo'lsa tezroq
GitHub Security Advisory va CVE (kerak bo'lsa) tuzatilgan reliz bilan birga

Xabar beruvchi tuzatish ustida yopiq advisory'da ishtirok etadi. Tuzatish chiqqach, xohlasangiz, ismingiz advisory'da va CHANGELOG.md da minnatdorchilik bilan qayd etiladi. Xavfsizlik asoslamasi va ma'lum kamchiliklar: docs/ASSURANCE.md.

Avtomatik tekshiruvlar topgan muammolar (SCA va SAST)

Har PR va main ga har push quyidagilardan o'tadi. main ruleset'i ular yashil bo'lmaguncha merge'ni to'sadi.

Turi Vosita Nimani to'sadi
SCA (bog'liqliklar) cargo deny check advisories licenses sources (ci.yml, advisories job; qoidalar deny.toml) RustSec'dagi zaif, unsound yoki qarovsiz paket; ruxsat ro'yxatida yo'q litsenziya; crates.io'dan tashqari registry yoki git manba
SCA Dependabot (security updates + oylik yangilash), OSV (Scorecard) zaif versiya topilsa avtomatik PR
SAST (kod) CodeQL (Rust, C/C++, Python, JavaScript, Actions), cargo clippy -D warnings xavfsizlik ogohlantirishi (code scanning qoidasi)

Tuzatish muddatlari (topilgan kundan boshlab):

Daraja SCA (zaif bog'liqlik) SAST (kod zaifligi)
Kritik / yuqori 14 kun, va har holda keyingi relizdan oldin merge to'siladi; main da topilsa 14 kun
O'rta 30 kun 30 kun
Past / ma'lumot (masalan "qarovsiz") 90 kun yoki keyingi minor reliz 90 kun
Litsenziya buzilishi merge to'siladi, paket qo'shilmaydi —
  • Relizdan oldin barcha SCA topilmalari hal qilingan bo'lishi kerak: release.yml teg vaqtida cargo deny ni qayta yurgizadi va u o'tmasa reliz yaratilmaydi. Yagona istisno — bitg'ga ta'sir qilmasligi asoslangan topilma (pastga qarang).
  • Istisno faqat ID, sabab va qayta ko'rib chiqish sharti bilan qo'shiladi: deny.toml / osv-scanner.toml da va VEX.openvex.json da not_affected bayonoti bilan. CodeQL ogohlantirishini yopish ("dismiss") ham sababi yozilgan izoh bilan va maintainer tomonidan bo'ladi.
  • Zararli paketdan himoya: bog'liqlik faqat crates.io'dan, Cargo.lock bilan (--locked) olinadi; yangi bog'liqlik qo'shadigan PR'ni maintainer alohida ko'rib chiqadi (CONTRIBUTING.md, "Bog'liqliklar").

Ta'sir qilmaydigan zaifliklar (VEX)

Bog'liqliklarda topilgan, lekin bitg yetkazadigan fayllarga ta'sir qilmaydigan zaifliklar VEX.openvex.json da (OpenVEX) sababi bilan yozilgan. Istisno o'chirilsa yoki yangisi qo'shilsa, VEX hujjati o'sha PR'da yangilanadi.

Sirlar va kalitlar

Nima Qayerda saqlanadi Kim foydalanadi Almashtirish
Reliz imzosi (SLSA provenance, SBOM) uzoq muddatli kalit yo'q: GitHub Actions OIDC + Sigstore, har relizda yangi qisqa muddatli sertifikat faqat build.yml workflow'i kerak emas
CI sirlari (Telegram e'lon boti tokeni; kod-imzo sertifikati qo'shilsa u ham) GitHub Actions secrets faqat shu sirni ishlatadigan job (announce.yml, build.yml) har 12 oyda, maintainer ketganda yoki sizib chiqish shubhasida darhol
Shaxsiy kirish tokenlari (PAT) maintainer'ning o'zida, repoda emas maintainer muddati ko'pi bilan 1 yil; fine-grained, minimal huquq
apt ombori imzo kaliti shifrlangan oflayn zaxira bosh maintainer har 12 oyda ko'rib chiqiladi; sizib chiqsa darhol yangi kalit va e'lon
  • Sirlar repoga yozilmaydi: GitHub secret scanning va push protection yoqilgan, sir bilan push rad etiladi.
  • Workflow'lar sukut bo'yicha faqat contents: read huquqi bilan ishlaydi; sir faqat kerakli job'ga beriladi. Fork'dan kelgan PR'lar sirlarni ko'rmaydi (pull_request ishlatiladi, pull_request_target emas).
  • Maintainer loyihadan ketsa, uning kirish huquqi olinadi va u ko'rgan barcha sirlar almashtiriladi (GOVERNANCE.md).

bitg nimani qilmaydi

  • Yozilgan matnni tarmoqqa yubormaydi va saqlamaydi (faqat siz qo'shgan istisno so'zlar exceptions.txt ga yoziladi).
  • Linux'da parol, PIN va maxfiy maydonlarda o'chiq turadi; macOS'da tizim xavfsiz kiritish paytida kiritish usullarini o'chiradi; Windows'da terminallarda, shuningdek maydon turi parol, PIN yoki email bo'lsa (InputScope) yoki dastur klaviatura kiritishini o'chirgan bo'lsa o'chiq turadi.
  • Kiritish usuli (Windows TSF, Linux IBus/Fcitx5) klaviatura hook'i va clipboard ishlatmaydi. Clipboard faqat siz Ctrl+Shift+Y (belgilangan matnni o'girish) ni bosganda vaqtincha ishlatiladi va asl holiga qaytariladi.

Yuklab olingan faylni tekshirish

v0.3.1 dan boshlab har bir reliz fayli (MSI, .deb, .pkg) uchun GitHub Actions imzolagan SLSA build provenance va SBOM (SPDX) attestation'i bor. Fayl aynan shu repodagi teg'dan, GitHub Actions'da yig'ilganini tekshirish:

gh attestation verify bitg-0.3.1-x64.msi -R dtwinuz/bitg

Har relizda bitg-<versiya>.spdx.json ham bor: unda bitg ichidagi barcha kutubxonalar va ularning versiyalari.

v0.3.2 dan boshlab paketlarni alohida reusable workflow (build.yml) yig'adi va imzolaydi (SLSA Build L3). Faylni aynan shu workflow, aynan shu teg uchun yig'ganini qat'iy tekshirish:

gh attestation verify bitg-0.3.2-x64.msi -R dtwinuz/bitg \
  --signer-workflow dtwinuz/bitg/.github/workflows/build.yml --source-ref refs/tags/v0.3.2 --deny-self-hosted-runners

v0.3.1 uchun --signer-workflow qiymati dtwinuz/bitg/.github/workflows/release.yml.

Internetsiz (GitHub API'siz) tekshirish uchun relizdagi bundle fayli:

gh attestation verify bitg-0.3.1-x64.msi -R dtwinuz/bitg --bundle bitg-0.3.1.intoto.jsonl

bitg.uz dagi fayllar ham aynan shu reliz fayllari: deploy skripti ularni GitHub Release'dan oladi va attestation tekshiruvidan o'tmasa to'xtaydi.

Imzo haqida: Windows MSI kod-imzo sertifikati bilan imzolanmagan (SmartScreen "noma'lum nashriyotchi" deydi), macOS .pkg faqat ad-hoc imzolangan (Developer ID emas, notarizatsiya yo'q). Shuning uchun faylning haqiqiyligini yuqoridagi gh attestation verify va .sha256 bilan tekshiring.

bitg kodi muntazam fuzz qilinadi (fuzz/, libFuzzer): ixtiyoriy matnda yadro panic bermasligi va IME tahriri so'zdan tashqariga chiqmasligi tekshiriladi.

There aren't any published security advisories