Kar, zaif eshituvchi va gapira olmaydigan odamlar bilan eshituvchilar orasidagi devorni olib tashlaydigan ochiq kodli, notijorat platforma. Avval O'zbekiston, keyin MDH.
Sayt · Jonli demo · Sinov ilovasi · Roadmap · Hujjatlar · Telegram · English
Holat: sinov bosqichi. Birinchi sinov ilovasi tilo.wonmor.io/app da (site/app/): yuzma-yuz subtitr, vaziyat kartalari, video xabar va favqulodda karta; telefonda ishlaydi, serverga hech narsa yubormaydi, karta matnlari kar maslahat kengashi tekshiruvini kutmoqda. Jonli demo esa to'liq rejalashtirilgan ilovaning konsept demosi: haqiqiy UI, lekin to'qima ma'lumotlar, imo-ishora videolari o'rnida namuna animatsiya, qayta yuklanganda tiklanadi. Keyingi ishlar: ROADMAP.md va milestone'lar.
- Jonli tarjimon (VRI). Bir tugma: rozilik, navbat, inson surdotarjimon bilan uch tomonlama videoqo'ng'iroq, ish soatlari ochiq.
- Yuzma-yuz suhbat. O'zbek va rus nutqi jonli subtitr bo'ladi, javob yoziladi yoki tayyor ibora bilan ovozga aylanadi.
- Vaziyat kartalari. Shifoxona, bank, taksi, politsiya, mahalla uchun 69 karta, kar imo-ishorachi yozgan video bilan, internetsiz ishlaydi.
- Idora yordamchisi. Hujjatlar ro'yxati va ariza shablonini tushunarli tilda tayyorlaydi.
- Video xabar va AAC. Imo-ishora videosini yozib yuborish; gapira olmaydiganlar uchun belgi-taxta.
- Ota-onalar va lug'at. Kar bolaning ota-onasi uchun 20 qisqa dars, lotin va kirillda qidiriladigan imo-ishora lug'ati.
- Keyingi bosqich (v1). Tashkilotlar katalogi, SOS mashq rejimi, tarjimon kabineti, donor uchun anonim statistika, qulaylik sozlamalari.
Demoni lokal ochish (Node 24):
npm ci --ignore-scripts && npm run demo # http://127.0.0.1:4174/demo/tilo/Sayt (site/) build talab qilmaydi: istalgan statik server bilan oching, masalan npx serve site.
| Bosqich | Muddat (baho) | Natija | Holat |

| Tadqiqot, brend, sayt | 2026-11 | 25+ hujjat, 300+ mahsulot tahlili, brend kitobi | ✅ tugagan |
| Sinov ilovasi va konsept demo | 2026-11 | /app/ (subtitr, 47 karta, video xabar, favqulodda karta), 14 modulli demo |
✅ jonli, kartalar qoralama |
| M0 · Tayyorgarlik | 2026-12 | Hamkor NNT, 15-20 intervyu, rozilik shabloni, kar hamrais | ⏳ boshlanmoqda |
| M1 · Muloqot yadrosi | 2027-01 … 03 | 50+ tekshirilgan karta, STT tanlovi, Telegram bot, 50+ sinovchi | rejada |
| M2 · VRI pilot | 2027-04 … 06 | Jonli tarjimon, murojaat yordamchisi, AAC, Android | rejada |
| M3 / M4 | 2027-07 … 2028 | Viloyatlar, B2G, lug'at va dataset, milliy VRI, SOS pilot | rejada |
Har bosqich go/no-go darvozasi bilan yopiladi. Jonli doska: GitHub Project. Batafsil: ROADMAP.md, to'liq reja va KPI: 06f, qarorlar: docs/decisions/.
flowchart LR
U["Kar foydalanuvchi
telefon"] --> A["/app/ PWA
statik, build yo'q"]
A --> C["Kartalar
cards.json, oflayn"]
A --> S["Subtitr
brauzer Web Speech API"]
A --> V["Video xabar
MediaRecorder, qurilmada"]
A --> L["Sozlama, manzil
localStorage"]
S -. "ovoz brauzer ishlab chiqaruvchisiga
(rozilikdan keyin)" .-> B["Brauzer STT xizmati"]
A -. "hech narsa yuborilmaydi" .-x T["Tilo serveri"]
Tilo serveri yo'q: CSP connect-src 'self' va tests/app buni har PR'da tekshiradi (ADR 0002, ADR 0003).
- Kar odamlar boshqaradi. "Biz haqimizda bizsiz hech narsa".
- Bepul va ochiq. Kod Apache-2.0, hujjatlar CC BY 4.0.
- Maxfiylik. Yuz videosi biometrik ma'lumot: O'zbekistondagi serverda, qatlamli rozilik bilan.
- Halollik. Reja reja deb yoziladi, har raqamning manbasi bor.
- Mavjudlar bilan hamkorlik. Surdo AI, imo-ishora.uz, Karlar jamiyati bilan raqobat emas, integratsiya.
- Ijroiya xulosasi va muammo va auditoriya
- Raqobatchilar (300+ mahsulot), texnologiya, huquq, moliya va notijorat model
- Platforma rejasi va 24 oylik roadmap, manbalar
- Brend kitobi (
brand/) - Roadmap, qarorlar jurnali (ADR), o'zgarishlar
| Papka | Nima |

demo/ |
Konsept demo: haqiqiy UI, to'qima ma'lumot (demo/data.js), hash routing, istalgan sub-path'da ishlaydi |
site/ |
tilo.wonmor.io sayt-prezentatsiyasi va site/app/ sinov ilovasi (statik, build yo'q) |
brand/, docs/ |
Brend kitobi, tadqiqot va reja |
tests/demo/, tests/app/ |
Playwright smoke testlar: konsept demo va sinov ilovasi |
deploy/, tools/ |
Caddy va atomik reliz, sayt tekshiruvi, demo build, lokal server va skrinshotlar |
npm run check # site/: havolalar, CSP, taqiqlangan matn
npm run demo:build # dist/demo/tilo/
npm run test:demo # demo smoke e2e (Playwright, prod CSP ostida)
npm run test:app # /app/ smoke e2e (prod /app CSP, soxta kamera)
npm run site # site/ Caddyfile headerlari bilan: http://127.0.0.1:4178/app/
npm run site:screenshots # docs/screenshots/ ni qayta yaratishDasturchi, dizayner, ML mutaxassisi, surdotarjimon, lingvist yoki kar jamoa a'zosi bo'lsangiz, sizga joy bor: CONTRIBUTING.md va good first issue.
Kod: Apache-2.0. Hujjatlar (docs/): CC BY 4.0. Shriftlar: OFL-1.1. Tafsilot: REUSE.toml.
Tilo is an open-source, non-profit platform that removes the communication barrier between Deaf, hard-of-hearing and non-speaking people and hearing people. Uzbekistan first, then Central Asia and the CIS.
Status: early test. A first test app runs at tilo.wonmor.io/app (site/app/): face-to-face captions, situation cards, video messages and an emergency card; it runs on the phone and sends nothing to a Tilo server, card texts await review by the Deaf advisory council. The live demo is a concept demo of the full planned app: real UI, fictional data, sample animations in place of signed videos; it resets on reload.
The MVP: one-tap video calls to human sign-language interpreters, live Uzbek/Russian captions for face-to-face conversations, situation cards signed by Deaf signers, an office/petition helper, video messages, AAC for non-speaking people and a learning module for hearing parents. Later: an organisations directory, an SOS channel (drill only in the demo), an interpreter cabinet, anonymous funder statistics, the first open consented Uzbek Sign Language dataset and more CIS languages.
Principles: Deaf-led, free, open (Apache-2.0 code, CC BY 4.0 docs), privacy first, honest about what is planned. Roadmap: ROADMAP.md (phases M0-M4 with go/no-go gates); decisions: docs/decisions/. Want to help? Read CONTRIBUTING.md, pick a good first issue, and join the Telegram channel.